Инструкция по эксплуатации LG 32LB561U
Страница 134
8
ENG
O
’Z
B
EK
C
H
A
XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO’YICHA KO’RSATMALAR
y
Mahsulotni siljitish yoki qadoq qutisidan bo’shatishda juft bo’lib ishlang, chunki mahsulot
og’ir.
Aks holda bu shikastlanishga olib kelishi mumkin.
y
Mahsulotning ichki qismlarini tozalash uchun yiliga bir marta xizmat ko’rsatish bo’limiga
murojaat qiling.
Yig’ilgan changlar mexanik nosozliklarga olib kelishi mumkin.
y
Barcha turdagi xizmat uchun malakali xizmat ko’rsatuvchi xodimlarga murojaat qiling.
Jihoz biror tarzda nosoz holatga kelgan, masalan, elektr tarmog’iga ulash shnuri yoki
vilkasiga zarar yetgan, jihoz ustiga suyuqlik to’kilgan yoki buyumlar tushib ketgan, jihoz
yomg’ir yoki namlikda qolgan, yaxshi ishlamayotgan yoki tushirib yuborilgan hollarda
unga texnik xizmat ko’rsatish talab qilinadi.
y
Agar mahsulotga tegilganda sovuqdek tuyulsa, u yoqilganda ozgina miltillash bo’lishi
mumkin. Bu tabiiy holdir, mahsulotda hech qanday muammo mavjud emas.
y
Panel ikki milliondan olti milliongacha bo’lgan piksellardan iborat bo’lgan yuqori
texnologiyali displey mahsulotidir. Siz panelda o’lchami 1 ppm bo’lgan kichkina qora
nuqtalarni va/yoki yorqin rangdagi (qizil, ko’k yoki yashil) nuqtalarni ko’rishingiz mumkin.
Bu mahsulotning noto’g’ri ishlayotganligini bildirmaydi va ishlash samaradorligiga,
shuningdek, uning ishonchliligiga ta’sir ko’rsatmaydi.
Ushbu hodisa boshqalarning mahsulotlarida ham sodir bo’lishi mumkin va buning uchun
ular almashtirib yoki xarajatlar qoplab berilmaydi.
y
Ko’rish burchagiga qarab (chap/o’ng/yuqori/past) paneldagi ravshanlik va ranglar farq
qilishi mumkin.
Bu hodisa panelning o’ziga xos xususiyatlari tufayli sodir bo’ladi. Bu ishlash
samaradorligi bilan bog’liq emas va uning noto’g’ri ishlayotganligini anglatmaydi.
y
Muallaq tasvirlar (masalan, efirga uzatilayotgan kanal logotipi, ekran menyusi, video o’yinlardagi sahnalar)
ning uzoq vaqt namoyishi keyingi tasvir namoyishida oldingi tasvirning saqlab qolinishi qoldiq tasvir nomi bilan
mashhur ekran nosozligiga olib kelishi mumkin. Qoldiq tasvir ekranda paydo bo’lmasligi ishlab chiqaruvchi
tomonidan kafolatlanmagan.
Televizoringiz ekranida uzoq vaqt davomida (LCD uchun 2 soatdan ko’proq, Plazma uchun 1 soatdan ko’proq)
harakatsiz tasvirning namoyish qilinishiga yo’l qo’ymang.
Yana 4:3 nisbatda uzoq vaqt davomida televizor ko’rilgan hollarda ham panel chetlarida qoldiq tasvirlar hosil
bo’lishi mumkin.
Ushbu hodisa boshqalarning mahsulotlarida ham sodir bo’lishi mumkin va buning uchun ular almashtirib yoki
xarajatlar qoplab berilmaydi.
y
Hosil qilingan ovoz
“Qarsillovchi” shovqin: Televizor ko’rish yoki o’chirish vaqtida chiqadigan qarsillovchi shovqin harorat va
namlik tufayli plastik materiallarining qisqarishi orqali hosil qilinadi. Bu harorat natijasida deformatsiyalanish
talab qilinadigan mahsulotlar uchun tabiiy hol hisoblanadi. Elektr zanjirining guvillashi/panelning g’o’ng’illashi:
Mahsulotni ishlatish uchun katta miqdordagi elektr toki bilan ta’minlovchi yuqori tezlikda o’zgaruvchi zanjir
tomonidan sezilarsiz shovqin hosil qilinadi. Bu mahsulot turiga bog’liq.
Ushbu hosil qilingan ovoz mahsulotning ishlash samaradorligiga va uning ishonchliligiga ta’sir ko’rsatmaydi.