Ehtiyot bo’ling – Инструкция по эксплуатации LG 32LB561U

Страница 131

Advertising
background image

5

ENG

O

’Z

B

EK

C

H

A

XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO’YICHA KO’RSATMALAR

y

Momaqaldiroq yoki chaqmoq vaqtida mahsulot yoki antennaga tegmang.

Sizni elektr toki urishi mumkin.

y

Gaz chiqishi sodir bo’lgan hollarda devordagi rozetkaga tegmang, oynalarni oching va

xonani shamollating.

Uchqun orqali yong’in yoki portlash sodir bo’lishi mumkin.

y

Mahsulotni o’zingiz bilgancha qismlarga ajratmang, ta’mirlamang yoki o’zgartirmang.

Yong’in yoki elektr toki urishi ko’ngilsiz hodisasi sodir bo’lishi mumkin.

Tekshirish, kalibratsiya qilish yoki ta’mirlash uchun xizmat ko’rsatish bo’limiga murojaat

qiling.

y

Quyidagilardan birortasi sodir bo’lgan hollarda mahsulotni darhol elektr tarmog’idan

uzing va mahalliy xizmat ko’rsatish bo’limiga murojaat qiling.

- Mahsulot zarba ta’sirida qolganda

- Mahsulotga zarar yetganda

- Mahsulotga begona buyumlar kirib qolganda

- Mahsulotdan tutun yoki notabiiy hid chiqqanda

Aks holda bu yong’in yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

y

Agar televizordan uzoq muddat foydalanishni rejalashtirmasangiz, o’zgaruvchan tok

tarmog’i rozetkasidan uzib qo’ying.

Changlarning to’planishi yong’in xavfini keltirib chiqarishi va izolyatsiyaning yemirilishi

elektr tokining ortiqcha sarfiga, zarbiga va yong’inga olib kelishi mumkin.

y

Jihozga suyuqliklar tomib turmasligi yoki sachramasligi hamda vaza singari suyuqlik

bilan to’ldirilgan buyumlar jihoz ustiga qo’yilmasligi kerak.

y

Agar ushbu mahsulot moy yoki moyli tuman ta'siriga uchrashi mumkin bo'lsa, uni devorga o'rnatmang.

Bu mahsulotni buzishi va uning tushib ketishiga sabab bo'lishi mumkin.

EHTIYOT BO’LING

y

Mahsulotni radio to’lqinlar ta’siri yo’q joylarga o’rnating.

y

Antenna tushib ketgan hollarda uning elektr simlari ustiga tushishi oldini olish uchun

tashqi antenna va elektr simlari orasida yetarlicha masofa bo’lishi kerak.

Aks holda bu elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

y

Mahsulotni mustahkam bo’lmagan tokcha yoki qiya yuzalar kabi joylarga o’rnatmang.

Shuningdek, tebranish mavjud joylarga yoki mahsulotni mustahkam o’rnatish imkoni

bo’lmagan joylarga ham o’rnatishdan saqlaning.

Aks holda mahsulot tushib ketishi yoki ag’darilib ketishi, bu esa o’z navbatida

mahsulotga shikast yetishiga yoki shaxsiy zarar xavfiga olib kelishi mumkin.

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: